“AL-XORAZMIY MAJMUASI”

Qoʻshkoʻpir tumani sektor rahbarlari, tuman hokimi oʻrinbosari R.Matyaqubov, mas’ul tashkilot vakillari, mahalla beshligi va tumandagi quruvchilar Urganch shahrida bunyod etilayotgan “Al-Xorazmiy majmuasi” da boʻlib, u yerdagi qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Tanishuv davomida sektor rahbarlari tomonidan tumandagi quruvchilarga va mas’ul vakillarga Qoʻshkoʻpir tumanida ham ushbu majmua andozasida, yangicha yondashuvlarga tayanib bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishni yanada kengaytirish hamda bu borada ishlarni jadallashtirish boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berib oʻtdilar.

Ma’lumot oʻrnida, loyihaga ko‘ra, bu yerda universitet, talabalar yotoqxonasi, IT-park, uylar, 3 ming o‘rinli maktab va 1,5 ming o‘rinli bog‘cha, madaniyat va sport majmualari, avtoturargohlar qurilishi rejalashtirilgan. 

Shuningdek, shaharcha markazida “Yangi O‘zbekiston” bog‘i - Muhammad al-Xorazmiy sayilgohi barpo etilib, buyuk allomaning 30,5 metrlik haykali o‘rnatilishi ham koʻzda tutilgan.


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари