“Kitobsevar millat”

Qo‘shko‘pir tumani axborot - kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan  IV Respublika  “Kitobxonlik haftaligi” ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi mutaxassisi O.Allaberganova, “Az-Zamaxshariy” nashriyoti muharriri, yozuvchi B.Matqurbonov, yozuvchi S.Jabbarov, ko‘zi ojizlar kutuxonasi rahbari G.Xolbayeva va bir guruh faxriy kutubxonachilar taklif qilindi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar barchani bayram bilan qutlab,   yoshlarni kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, kitobsevar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, aholini kitobxonlikka jalb qilish kabi maqsadlarni o‘zida mujassam qilgan bunday tadbirlarning o‘tkazilishi juda yaxshi samara berayotganligi haqida gapirib o‘tdilar.


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари