“MAHALLADA DUV-DUV GAP” TARGʻIBOT TADBIRLARIGA START BERILDI!

 
Davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar asosida bugun viloyatimizdagi barcha mahallalar qatori Qo'shko'pir tumanidagi Taraqqiyot MFY dagi 1-son maktabda, Arablar MFY dagi 3-son maktabda hamda tuman Madaniyat markazi binosida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
 
 
Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga aniq hayotiy misollar orqali sodda va tushunarli shakllarda yetkazish, aholining kayfiyatini ko‘tarish va daxldorligini oshirish maqsadida tashkil qilingan bugungi tadbirlar davomida shoir va yozuvchilar, madaniyat va san’at namoyandalari ishtirok etdilar.
 
QO‘SHKO‘PIR TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари