"O‘zbegimning o‘lmas qahramonlari”

Qo‘shko‘pir tumani axborot kutubxona markazida o‘tkazilayotgan “Kitobsevar millat” shiori ostidagi  IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida  "O‘zbegimning o‘lmas qahramonlari” mavzusida zakovat intellektual o‘yini hamda haftalikning yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Zakovat intellektual o‘yinida tuman Ichki ishlar bo‘limining  “Qalqon” jamoasi, tuman Qo‘riqlash xizmati bo‘limining “Everest” jamoasi, tuman Yoshlar ishlari agentligining “Yoshlar” hamda “Zukkolar”  jamoalari o‘zaro kuch sinashdilar.

O‘yin yakuniga ko‘ra:

1 o‘rinni - “Everest” jamoasi;
2 o‘rinni - “Qalqon” jamoasi;  
3 o‘rinni - “Zukkolar” jamoasi egallab diplom va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Tadbir so‘ngida tumanimizdagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi va 10-son Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilarining musiqiy chiqishlari barchaga ko‘tarinki ruh baxsh etdi.


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари