“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI          tashkil etildi

Qo‘shko‘pir tumani axborot – kutubxona markazida “Infolib Uzbekiston – 2023” XII Milliy axborot kutubxona haftaligi doirasida Yoshlar agentligi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. 

Tadbirga Yoshlar agentligi tuman bo‘limi mutaxassisi K.Saparov, tuman hokimligi bosh mutahassisi M.Xo‘jayeva, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi rahbari R.Ismoilovalar taklif qilindi.

“Zakovat” intellektual o‘yinida  tumanimizdagi 4 ta sektordan uyushmagan yoshlar va yoshlar yetakchilaridan tashkil topgan  “Bilimdonlar”, “Zukkolar”, “Ziyolilar”, “Yangi yulduzlar” jamoalari o‘zaro bellashdilar. 

O‘yin yakuniga ko‘ra “Zukkolar” jamoasi 1-o‘rini, “Ziyolilar” jamoasi 2-o‘rinni, “Bilimdonlar” va “Yangi yulduzlar” jamoalari 3-o‘rinni egallab, yoshlar agentligi hamda axborot – kutubxona markazi tomonidan diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


QO‘SHKO‘PIR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари