Aksiya

                                                    
Joriy yilning 9 aprel kuni Хorazm viloyatida “Chiqindisiz - ekologik barqaror hudud uchun” shiori ostida Shovot kanalining Urganch shahridan kesib oʼtgan qismining sohilboʼyi hududlarida hosil boʼlgan chiqindilarni yigʼib olish va tozalash boʼyicha Plogging aksiyasi oʼtkazildi.

“Yuksalish” harakati Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan bir qator tashkilotlar, jumladan  Oʼzbekiston Ekologik partiyasi, Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi, 2-son Аkademik litsey, partiyaning viloyat Kengashi xodimlari, "Аyollar qanoti" va "Yoshlar qanoti" faollari, hamkor tashkilot vakillari hamda valyontorlar ishtirok etdi.

Аtrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chiqindi bilan bogʼliq ishlarni amalga oshirishda qonunchiliklarga rioya qilinishi, oʼsimlik va hayvonot olami xilma-xilligini hamda genofondini asrab qolish kabi masalalarda davlat nazorat organlari va jamoatchilikni say-harakatini birlashtirgan holda mazkur tadbirning ilk bosqichi Shovot kanali sohilboʼylarida oʼtkazildi.

 Aksiya davomida talabalar, partiya faollari va ekovalyontorlar ishtirokida havza atrofidagi hududlardan 500 kgdan ortiq chiqindilar yigʼib olindi va “Urganch Ekotrans” MChJ avtotransportlarida tashib chiqarildi.

 

 “Yuksalish harakat”

Xorazm viloyati xududiy 

bo‘linmasi rahbari S.S.Abdikarimova

 

 


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари