BOLA TARBIYASI MUHIM MASALA

Bola tarbiyasi juda nozik masala bo‘lib, unga nisbata qilingan biror noto‘g‘ri hatti-harakat yoki muomala uning ruhiy olamida katta  salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi shubhasiz. 

Ana shunday salbiy holatlarni oldini olish, bolalarga to‘g‘ri va sifatli ta’lim-tarbiya berish maqsadida ko‘pgina xotin-qizlar Kasb-hunarga o‘qitish markazida Yosh bolalar uchun enaga, tarbiyachi yordamchisi yo‘nalishida o‘z bilim va tajribalarini oshirmoqdalar. 

 

 

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha 2023-yilda 130 nafar tinglovchi o‘qib maxsus sertifikatlarga ega bo‘lgan bo‘lsalar, joriy yil boshidan 11 nafar tinglovchi kasb-hunarga o‘qitilmoqda. 

-Chaqaloqlik davridan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni har tomonlama ta’lim-tarbiya berish usullari o‘rgatib kelinmoqda,-deydi  o‘qituvchi Nazokat Sultonova – Ularning go‘zal tarbiyaga ega bo‘lishlarida ranglar, atrof-muhit, o‘yichnoqlarning turlari ham katta ahamiyat kasb  etadi.


QO‘SHKO‘PIR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари