KO‘PRIK YANGIDAN QURILIB, FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

         Qo‘shko‘pir tumani Xonobod mahallasida Sarbon, Iqbol, Saxovat ko‘chalarini bog‘lab turuvchi ko‘prikning yangi qiyofa kasb etgani mahallalar ahli uchun yana bir katta quvonchga sabab bo‘ldi.

         Ancha yillardan beri eskirib, ta'mirtalab ahvolga kelib qolgan “Oxunboboyev” nomi bilan ataluvchi ko‘prik aholi vakillari hamda shu yerdan o‘tuvchi transport haydovchilari uchun ancha noqulayliklar tug‘dirayotgan edi.

Bugun o‘zgacha, zamonaviy qiyofada mahalla ahli, faollar, tashabbuskor mahalla homiylari tomonidan birdam va hamjihatlik bilan qurib bitkazilgan ko‘prikning ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

         Unda nuroniylar, mahalla faollari ishtirok etdilar va qo‘llarini duoga ochib, ezgu tilaklar bildirdilar. 


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари