Ko‘chat o‘tqazish tadbirlarida ishtirok etdilar

"Obod mahalla", "Obod xanodon", "Obod ko‘cha" mezonlari asosida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Respublika "Nuroniy" jamg‘armasi vakili Umrzoq Raxmatov, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi Sultannazir O‘razmetov, tuman hokimi o‘rinbosari Murodbek Qutlimurodov hamda “Keksalar maslahati” guruhi rahbari Hasan Yoqubov, mahalla faollari, ibratli oila vakillari, faxriylar, jamoatchilik tashkilot rahbarlari Qo‘shko‘pir tumani “Shixmashhad” mahallasida bo‘lib, bajarilgan ishlar bilan tanishdilar. Shuningdek, “Yashil makon umummilliy” loyihasi doirasida ko‘chat o‘tqazish tadbirlarida ishtirok etdilar.

Shundan so‘ng, 38-son DMTTda, 12-son umumta'lim maktabda hamda 15-son oilaviy poliklinikada yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishdilar.

Shu bilan birga o‘zgalar parvarishiga muhtoj, yakka yolg‘iz yashovchi fuqarolar holidan xabar olib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari topshirdilar.


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари