Ma’naviyat va ma’rifat kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bugun Qo‘shko‘pir tumani hokimligida Ma’naviyat va ma’rifat kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Sh.Axmedov, sektor rahbarlari,  shuningdek, kengash a’zolari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, madaniyat va san’at sohalari vakillari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda tuman hokimi Shuhrat Axmedov ushbu soha bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni  chuqur tanqidiy va tahliliy muhokama etib, tumanda ma’naviy–ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, bu borada idora va tashkilotlar hamkorligini yanada mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratdi.

Kelajak avlodning ma’naviyatini yanada yuksaltirish, ona Vatanga, o‘zligimizni namoyon etuvchi milliy qadriyatlarimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash, o‘tkazilayotgan har bir tadbirlarning ta’sirchanligini oshirish, har bir ta’lim-tarbiya maskanlarida, oilalarda kitobxonlik madaniyatini oshirish, targ‘ibotini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Bir so‘z bilan aytganda, yuksak ma’naviyatsiz hech bir narsaga erisha olmaslikni alohida ta’kidladi.

 Yig‘ilish so‘ngida so‘zga chiqqanlar milliy ma’naviyatimizni yanada yuksaltirish yo‘lida qilinishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab oldilar.

 


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари