Matbuot anjumani

Qo'shko'pir tuman hokimligi binosida "Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda tuman hokimi Shuhrat Axmedov, sektor rahbarlari, tuman hokimi o'rinbosarlari, soha mutahassislari, jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-sonli qarorni Qo‘shko‘pir tumanida ijrosi bo‘yicha tegishli tadbirlar amalga oshirilgan.

Xysusan, 2023 yilda elektr energiyasining defisiti 9,2 mln kVt soatni tashkil etadi (elektr energiya iste’moli 373 mln. kVt.soat). Ushbu defisitni qoplash uchun quyidagi ishlarni amalga oshirildi.
Tumanda jami 233 ta ob’yektlarda 2,6 MVt quyosh panellari o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, o‘rganish kunigacha 265 ta ob’yektlarda 1,56 MVt (58 %) quyosh panellari o‘rnatilgan.
Sohalar kesimida 50 ta ijtimoiy soha va davlat idoralarida 0,5 MVt quyosh panellari o‘rnatilishi belgilangan. Bugungi kungacha 56 ta tashkilotda 0,57 MVt (102,0%) quyosh panellari  o‘rnatilgan. 
Shuningdek, ijtimoiy soha ob’yektlarida 1,1 ming litr quyosh suv isitish (geliokollektor) o‘rnatish rejalashtirib, bugungi kungacha 1,4 ming litrli qurilmalar o‘rnatilishi ta’minlangan.

Tadbirkorlik sohasida 28 ta  sub’yektlariga 1,2 MVt quyosh panellari o‘rnatish rejasi belgilanib, 63 ta tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 0,5 MVt (42,0%) quyosh panellari, shu bilan birgalikda 152 ta xonadonlarda quvvati 0,8 MVt bo‘lgan quyosh panellar o‘rnatish rejalashtirilib, bugungi kungacha 138 ta xonadonlarda 0,38 MVt (46,0%) quyosh panellari o‘rnatilgan.

Qarorga ko‘ra 3 ta ko‘p qavatli uy-joylarda 0,06 MVt quyosh panellari o‘rnatilishi rejalashtirilgan.Buguingi kunda 8 ta ko‘p qavatli uy-joylarda 0,09 MVt (151,0%) quyosh panellari o‘rnatilgan.
 Ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish bo‘yicha 48 ta ijtimoiy soha (8 ta maktabgacha ta’lim, 37 ta maktablar, 3 ta sog‘liqni saqlash) ob’yektlarining lokal isitish tizimlarini ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kungacha 1 ta maktabgacha ta’lim muassasalari, 6 ta maktablar ob’yektlari ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazilgan.

Shuningdek, 13 ta issiqxona ko‘mir yoqishga o‘tkazish rejalashtirilib, bugungi kungacha 13 ta issiqxonalar gaz tarmog‘idan uzilgan. 1 ta issiqxonalar ko‘mirga moslashtirilgan.

Anjuman so'ngida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари