Obodonlashtirish

Qo‘shko‘pir tumani prokurori Bobirbek Matrasulov tuman markazidagi ko‘chalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi.

Tuman prokurori o‘rganish jarayonida fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalarni bartaraf qilish, zahkash va zovurlarni chiqindilardan tozalash, ovqatlanish shahobchalarining yon-atrofini obodonlashtirish va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinishini ta’minlash, yo‘l chekkalariga ko‘chatlar ekish hamda yashil belbog‘lar tashkil etish, shuningdek, bir qator mavjud kamchiliklar bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berib o‘tdi.


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари