Oila salomatligi xonasi

"Nezaxos" mahallasidagi 17-sonli Oilaviy poliklinikada tashkil qilingan "Oila salomatligi xonasi"da davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbati davomida Qo'shko'pir tuman hokimi o'rinbosari, Oila va xotin qizlar bo'limi boshlig‘i Sayyora Xudayberganova hamda tibbiyot sohasi mutaxassislari fertil yoshidagi xotin-qizlarga reproduktiv salomatlik, ona va bola salomatligi, sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom ovqatlanish va bir qator dolzarb masalalar to'g‘risida to'xtalib o'tdilar.

Davlatimiz rahbari tomonidan xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlarning barchasi ona va bola salomatligi uchun ekanligi tushuntirildi. Tuman hokimi o'rinbosari Oilaviy poliklinika ma’sullariga mahalladagi barcha xonadonlarda xotin-qizlar faollari bilan birgalikda  sog‘lom turmush tarzi va reproduktiv salomatlik bo'yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish borasida tegishli topshiriqlarni berdi.

Bu kabi davra suhbatlari tumanning barcha oilaviy poliklinikalari va mahallalarda davom qilmoqda.

Qo'shko'pir tuman hokimligi matbuot xizmati 


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари