QO‘ShKO‘PIR TUMANIDA XORAZM VILOYATINING “SUVChILAR MAKTABI” TAShKIL ETILDI

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Suv xo‘jaligi vazirligi, Toshkent Irrigatsiya qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti hamda Agrobank hamkorligida “Suvchilar maktabi” tashkil etildi.

 

 2023 yilda Suvchilar maktabining 1-boskichida har bir tumanda  hududlarga borgan holda  tumandagi dehqon va fermerlar tajribali professor o‘qituvchilar va xorijiy mutaxassislar tomonidan o‘kitildi.  Suvchilar maktabining 2-bosqichida  har bir viloyatda hududiy markazlari tashkil etildi.

Xorazm viloyati bo‘yicha ushbu maktab Qo‘shko‘pir tumani Suv xo‘jaligi va melioratsiya  kolleji binosida  tashkil qilinib, bugun ushbu maktabning ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 

Maktabni tashkil etishdan asosiy maqsad - suvdan foydalanuvchilar (xususan dehqon va fermerlarni) suvdan foydalanish madaniyatini oshirish va shu orqali yuqori hosildorlikka erishish, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berish hisoblanadi.

 

Maktabni tashkil etishda Turkiya, Ispaniya, Xitoy davlatlari tajribalari o‘rganildi, hamda ushbu davlatlardan xorijiy mutaxassislar jalb qilinib, o‘quv dasturlari ishlab chiqildi.

 


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари