RASMIY MUNOSABAT:

Ijtimoiy tarmoqlarda Xadra qishlog‘i, 9-son MTT ning yo‘li ta’mirtalab ekanligi bo‘yicha murojaat bildirilgan.

Ushbu murojaat yuzasidan shularni ma’lum qilamiz:

 

Ushbu yo‘l O‘rta qishloq mahallasi hududiga mansub bo‘lib, uni ta’mirlash ishlari tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli va bu masala tegishli tashkilotlar hamkorligida o‘rganildi.

 

Joriy yilda davlat dasturlari hamda og‘ir sharoitdagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash loyihalari asosida tuman bo‘yicha og‘ir sharoitdagi jami 107,8 km ichki xo‘jalik yo‘llari ta’mirlangan. Shu jumladan, joriy yilda O‘rta qishloq mahallasining 1,2 km tuproq yo‘llar ta’mirlanib qum shag‘al aralashmasi (ShPS) yotqizilgan va 1,4 km ichki yo‘llar asfalt qilingan.  

Bugungi kunda tuman hududida tuproq bo‘lgan 340,0 km. ichki xo‘jalik yo‘llarni kelgusi yillarda bosqichma-bosqich ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi, xususan, O‘rta qishloq mahallasidagi mavjud tuproq bo‘lgan 2,2 km yo‘llarni ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan.

Bulardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-fevraldagi «Avtomobil yo‘llari sohasida ochiqlik standartlarini joriy etish va sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 49-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan “Ochiq budjet” axborot portali orqali “Mening yo‘lim” loyihasida o‘zlarini takliflarini kiritib, jamoatchilik fikri asosida ovoz to‘plash yo‘li bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritib, yo‘llarda ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi mumkinligi to‘g‘risida tushuntirilib kelinmoqda.


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари