Seminar

Qo‘shko‘pir tumanidagi  “Xajiboy muallim” fermer xo‘jaligida 2024 yil hosili uchun chigit ekish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Unda tuman hokimi Shuhrat Axmedov, sektor rahbarlari, soha mutahassislari, fermer xo‘jaligi rahbarlari va nuroniylar ishtirok etdi.

Seminarda hozirgi kunda dolzarb bo‘lgan g‘alla parvarishi, uni begona o‘tlar va zang kasalligiga qarshi kurashish hamda dala madaniyati ishlarini joylarda namunali darajada tashkil qilish masalalari muhokama qilindi. Dala maydoniga yaxshi niyatlar bilan jonliq so‘yilib, duo fotihalar bilan chigit ekish boshlandi.

Joriy yilda tumanimiz mirishkorlari tomonidan 10 ming gektar maydonga chigit qadab, paxta xomashyosi yetishtirish belgilangan.


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари