Sumalak_sayli

Qo‘shko‘pir tumani 1-sektor hududidagi “Oshoq qal’a” mahalla fuqarolar yig‘inida  sumalak sayli ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Bayram davomidagi bahoriy taomlar,  sumalak sayli, xalq o‘yinlari, kurash musobaqalari, sportning turli yo‘nalishlaridagi bellashuvlar, "Navro'z bayrami yarmarkasi", milliy  urf va an’analarini o‘zida jam etgan marosimlar  tuman ahliga manzur bo‘ldi.

Mahallar bo‘ylab tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar yurtdoshlarimiz o‘rtasida birdamlik va ahillik, mehr-oqibat, xayru sahovat kabi chin insoniy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Bu kabi sayllar tumanning barcha mahallalarida davom etmoqda.

Qo'shko'pir tuman hokimligi matbuot xizmati


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари