XOTIN-QIZLAR MANFAATI USTUVOR VAZIFA

Ayni kunlarda Qo‘shko‘pir tumanida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-sonli qarori asosida ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlarni “Ayollar daftari”ga ro‘yxatga olish bo‘yicha xatlov jarayonlari olib borilmoqda.
Anashu jarayonlar bilan yaqindan tanishish hamda ish jarayonlarini kuzatish maqsadida tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sayyora Xudayberganova mahallalarda bo‘ldi.
 
Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni ijtimoiy — huquqiy, psixologik, tibbiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular bilan suhbatlashdi, bandligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratdi, muammo va masalalarini tingladi.
Xatlov jarayonlarida xotin-qizlarning ehtiyojmandlik darajalari o‘rganilib, 6 ta toifa bo‘yicha “Ayollar daftari”ga kiritish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mahallalardagi xotin-qizlar faollari tomonidan ayollarni siyosiy va huquqiy faolligini oshirish borasida tushuntirish ishlari manzilli olib borilmoqda.
Xususan, xatlov jarayonlari bilan birgalikda oilaviy masalalarga e’tibor qaratilib, muammolar o‘rganilmoqda. Shuningdek, oilaviy kelib chiqayotgan ziddiyat va muammolar, kelishmovchiliklar “Oqila ayollar” jamoatchilik Kengashlari bilan birgalikda barham berilib, oilalarni yarashtirishga erishilayotganligini ko‘rish mumkin.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, 5-yanvardan 1-fevralgacha davom etadigan xatlov jarayonlari yakunlangach, individual dasturlar to‘ldiriladi, amaliy yordamlar berish bo‘yicha yo‘l xaritalari tuziladi.
O‘rganilgan jarayonlar, xatlovga kiritilgan xotin-qizlar ro‘yxati, individual dasturlar va yo‘l xaritalari xalq deputatlari tuman Kengashida ko‘rib chiqiladi va tastiqlanadi.
Bu kabi sa’y-harakatlardan davlatimizda har bir inson qadr-qimmati ulug‘lanayotganligini, jamiyatimizda ayollarning o‘rni va ahamiyati yuqori ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
 
QO‘SHKO‘PIR TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари