Ochiq muloqot

Qo‘shko‘pir tuman hokimligi katta majlislar zalida “Aholiga uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish borasidagi ishlar” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqotda Qo‘shko‘pir tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Zafarbek Matnazarov tumanda aholini uy-joy bilan ta’minlash va subsidiya mablag‘larini to‘lab berishda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida aхborot berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qaroriga asosan tumanda 2023 yilda 118 nafar fuqarolarga 3,7 mlrd.so‘mlik subsidiya mablag‘lari to‘lab berildi.

Shundan, 55 nafariga 1,7 mlrd.so‘m respublika byudjetidan, 63 nafariga 2,0 mlrd so‘m mahalliy byudet mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratilgan.Ushbu 118 nafar fuqarolarga tijorat banklari tomonidan 26,3 mlrd.so‘m ipoteka kreditlari ajratildi. Ajratilgan subsidiyalarning 58 nafari ayollar, 60 nafarini erkaklar tashkil qiladi.

Qo‘shko‘pir tumani Yovg‘ir mahallasida qurilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massividan 63 nafar fuqarolarga boshlang‘ich to‘lovi uchun subsidiyalar ajratib berildi.


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари