“BIR HUDUD -- BIR MAHSULOT” TAMOYILI AMALDA
“BIR HUDUD -- BIR MAHSULOT” TAMOYILI AMALDA
Bugun Qo‘shko‘pir tumanida dehqon xo‘jaliklarining kooperatsiyasi - hamkorlik faoliyatini kuchaytirish hamda ilg‘or tajribalarni almashish borasida ko‘rgazmali amaliy seminari o‘tkazildi.
Mazkur seminar Qo‘shko‘pir tumani hokimligi, O‘zbekiston fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, O‘simliklar himoyasi va karantini agentligi tomonidan tashkil etildi. Unda sektor rahbarlari, hokim yordamchilari va soha mutahassislari ishtirok etdi. Seminarda Qo‘shko‘pir tumanida “Bir hudud - bir mahsulot” tamoyili asosida dehqon xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish borasidagi ishlar, eksportbop mahsulotlarni yetishtirish tajribalari namoyish etildi.
“Durjon momo”, “Nurullo” fermer xo‘jaligi dala shiyponida seminar kun tartibidagi masalalar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Bunda Qo‘shko‘pir tumani misolida dehqon xo‘jaliklarini sifatli urug‘liklar bilan ta’minlash, eksportchi - agregatorlar bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama etildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-373son qaroriga muvofiq dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish bilan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, eksport salohiyatini oshirish, kooperatsiya tamoyillari asosida eksportbop ekinlarni oqilona joylashtirish, kafolatli xarid qilish masalalari tushuntirildi.
Qo‘shko‘pir tuman hokimligi matbuot xizmati