"Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi"
2021-yil 3- dekabr kuni tuman Xalq kutubxonasida "Yoshlar oyligi" doirasida va 3- dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tuman hokimligi, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi,
tuman Turizm va sport boʻlimi, tuman IIB, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlimi, tuman Nogironlar jamiyati, tuman Xalq kutubxonasi bilan hamkorlikda "Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi", "Mehr bizni birlashtiradi" shiori ostida tadbir tashkil qilindi. Tadbir doirasida "Chempion va yoshlar" loyihasi, mahallalardagi imkoniyati cheklangan yoshlar bilan shashka sport musobaqasi va "Maftunkor ranglar jilosi" mavzusida rasmlar tanlovi oʻtkazildi. BOʻSM ning gimnastika boʻyicha respublika va viloyat darajasidagi sport musobaqalarida gʻolib boʻlgan sportchi qizlar bilan oʻzaro davra suhbati tashkil qilindi. Sportchi qizlar oʻz faoliyatlari haqida tengdoshlariga soʻzlab berdilar.
Shashka sport musobaqasi va rasmlar tanlovida faol ishtirok qilgan va gʻolib boʻlgan yoshlarimiz hamkor tashkilotlar tomonidan diplom, faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
ҚЎШКЎПИР ТУМАН ҲОКИМЛИГИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ