"Hokim kubogi" musobaqasi o'tkazildi
Sport- salomatlik garovi. Sport bilan shug‘ullangan inson ma’nan va jismonan sog‘lom bo‘ladi. Sportning shunday turlari ham ommalashganki, bu ayniqsa, sportga qiziquvchi erkaklar uchun ayni muddao. Bu OT sportidir.
Bugun “Vatanparvarlik“ oyligi munosabati bilan Qoʻshkoʻpir tumanida ot sportining “Jamoaviy uloq koʻpkari" va "Polo" turlari boʻyicha "hokim kubogi" musobaqasi o'tkazildi.
Unda ishtirokchilar g‘oliblik uchun kuch sinashdilar.
QO‘SHKO‘PIR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI