“Investorlarning huquqlari qonun himoyasida” mavzusida o‘tkazilgan uchrashuv
Xorazm viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi I.Teshaev va sudya M.Kurbanovlar tomonidan Gurlan tumanidagi "GURLAN GLOBAL TEX" MChJ binosida hududdagi investorlar bilan “Investorlarning huquqlari qonun himoyasida” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda viloyat sudi raisi o‘rinbosari I.Teshaev quyidagilrani bildirib o‘tdi.
Xususan, Iqtisodiyotda investitsiyalarning o‘rni muhim ahamiyatga ega. Investitsiyaviy nizolarni sudlarda hal qilishda esa ayrim muammolar mavjud edi.
Davlatimiz rahbarining 2020-yil 24-iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan huquqini amalda ta’minlash bilan bog‘liq dolzarb muammolar, xususan sudlarda investorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini o‘z vaqtida va samarali himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tuzilmasida yirik investorlar ishtirokidagi investitsiyaviy nizolarni hamda raqobatga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha alohida sudlov tarkibi – investitsiyaviy tarkib tuzilishi belgilanib, uning zimmasiga 20 million AQSh dollaridan ortiq investitsiya kiritgan yirik investorlarning va davlat organlari o‘rtasidagi investitsiyaviy nizolarni hamda raqobatga oid ishlarni ko‘rish vazifasi yuklatildi.
Yirik investor, raqobatga oid ishlar bo‘yicha taraflarning xohishiga ko‘ra, ushbu toifadagi ishlar Oliy sudning investitsiyaviy nizolarni hamda raqobatga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sudlov tarkibi tomonidan ko‘rilishi belgilandi. Qolgan investitsiyaviy nizolar investorlarning xohishiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudi tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida ko‘rilishi mumkin.
Prezidentimizning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi mazkur sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladigan tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi.
Murojaatnomada ta’kidlanganidek, muhim yangilik – investorlar huquqlarini munosib himoya qilish maqsadida Oliy sudda investitsiyaviy nizolar va raqobatga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha maxsus sudlov tarkibi tashkil etilganligi bo‘ldi.
Oliy sudda investitsiyaviy nizolar bo‘yicha maxsus sudlov tarkibining tashkil etilishi, ushbu toifadagi ishlar bo‘yicha alohida sudlovlilik qoidalarining belgilanishi investorlarning nizolarni hal qilish uchun turli sud instansiyalari o‘rtasida sarson bo‘lishining oldini oladi.
larning muammolari bitta sudda hal qilinishi ta’minlanadi.
Ayni vaqtda davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarning asl mohiyati investitsiya muhitini yanada yaxshilash, iqtisodiyotni rivojlantirish hamda shu orqali xalq farovonligiga erishishdan iborat.
Investorlar, shu jumladan, chet el investorlarining huquq va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish mexanizmining takomillashishi esa investitsiyaviy nizolarni tez va samarali hal qilinishi, yagona sud amaliyoti ta’minlanishiga ko‘maklashadi.
Uchrashuvda investorlar o‘zlarining qiziqtirgan savollari bilan sudyalarga yuzlanishdi va savollariga huquqiy tushuntirishlar olishdi
I.Teshayev
Xorazm viloyat sudi raisining o’rinbosari