“Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivaliga arizalar qabuli boshlandi!

“Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivaliga arizalar qabuli boshlandi!

 Аziz bolalar, madaniyat, adabiyot va sanʼat sohasidagi iqtidoringizni namoyish etish vaqti keldi. Bolalar ijodiyoti festivaliga arizalar 24-oktabrdan 15-noyabr kunlariga qadar Yoshlar ishlari agentligining tuman va shahar bo‘limlari orqali qabul qilinadi.

 Tanlovga 6 yoshdan 15 yoshgacha boʼlgan ijodkor bolalar yakka, jamoaviy tarzda, quyidagi 6 ta yo‘nalishdan birini tanlagan holda ishtirok etishlari mumkin:

“A” guruhi: Klassika — fortepiano, torli, puflab, urib chalinadigan musiqa asboblari;
“B” guruhi: Vokal — anʼanaviy va akademik ijro, estrada, folklor hamda xor guruhlari;
“S” guruhi: Milliy cholgʻu — torli, chertib, puflab, urib chalinadigan musiqa asboblari;
“D” guruhi: Raqs va badiiy gimnastika — milliy, ball hamda zamonaviy raqslar, buyum (tasma, koptok, halqa, argʻamchi) bilan va usiz turli nafis gimnastika va raqs mashqlarini musiqa ostida bajarish;
“E” guruhi: Tasviriy va amaliy sanʼat. Tasviriy sanʼat yoʻnalishiga — grafika, rangtasvir, natyurmort, liboslar dizayni. Amaliy sanʼat yoʻnalishiga — haykaltaroshlik, kulolchilik, zardoʻzlik, quroqchilik, gilamdoʻzlik, biser toʻqish, yumshoq oʻyinchoqsozlik, naqqoshlik, kashtachilik, yogʻoch oʻymakorligi kiradi;
“F” guruhi: nasr va nazm. Nazm yoʻnalishiga — sheʼr, gʻazal, doston hamda nasr yoʻnalishiga — hikoya, ertak kiradi.

Tanlovga ariza topshirish muddati 24-oktabr 15-noyabr qadar davom etadi.

 


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари