“Keksalarga hurmat-yoshlarga ibrat”
“Keksalarga hurmat-yoshlarga ibrat” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan “Keksalar haftaligi” doirasida Qo‘shko‘pir tumanidagi “Nuroniylar maskani” binosida sport tadbirlari tashkil etildi.
“Bahoriston” mahallasida yashovchi bir guruh nuroniylar o‘rtasida, “G‘ayratli keksalar” shiori ostida sportning shashka-shaxmat, ommaviy yurish va gimnastika bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida “Nuroniy” jamg‘armasi Qo‘shko‘pir tuman bo‘limi raisi S.O‘razmetov tomonidan ishtirokchilarga sport bilan shug‘ullanish nafaqat o‘sib kelayotgan yoshlar, balki, nuroniylarning sog‘ligini yanada mustahkamlashi, sportning ne chog‘lik inson salomatligida muhim ekanligi, keksa yosh vakillari muntazam sport bilan shug‘ullanib turishlari lozimligi aytib o‘tildi.
Shuningdek, tadbirda sportga qiziquvchi yoshlar ham ishtirok etib, nuroniylar bilan musobaqalarda kuch sinashdilar.
QO‘SHKO‘PIR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI