“Mahalla yettiligi”

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi PF-209-son farmoniga asoson “Mahalla yettiligi”ning vazifalari belgilandi.  

 - Mahalla raisi- ehtiyojmand oilalarga uy-joyini yaxshilashga ko‘maklashish;
 - Hokim yordamchisi- ishsizlarga ish topishga ko‘maklashish;
 - Yoshlar yetakchisi- yoshlarni sport, musiqa va to‘garaklarga jalb etish;
 - Xotin-qizlar faoli- ayollarni tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilikka jalb qilish;
 - Soliq xodimi- mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda o‘zini o‘zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o‘tishga ko‘maklashish;
 - Ijtimoiy xodim- og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar va oilalarni aniqlash, ularning ehtiyojlariga qarab, kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va yordamlarni tashkil etish vazifalari yuklatilgan.

“Yuksalish harakat”
Xorazm viloyati hududiy  
bo‘linmasi rahbari S.S.Abdikarimova


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари