“Mardlar maydonga tushgan kun” – Qo‘shko‘pirdagi harbiy-sport musobaqasi yoshlarda g‘urur va shijoat uyg‘otdi

Qo‘shko‘pir tumanida yoshlar uchun katta sinov, ayni paytda ulkan imkoniyat maydoniga aylangan “Shijoat va g‘ayrat” nomli harbiy-sport musobaqasining sektor bosqichi bo‘lib o‘tdi. “Shijoat va g‘ayrat” deb nom olgan ushbu tadbir, nafaqat sport bellashuvi, balki jasorat, jismoniy va ruhiy bardoshlilikning yorqin namoyoniga aylandi.

 

Musobaqada mahallalardagi faol yoshlar jamoalari ishtirok etdi. Ular jismoniy chidamlilik, tezkorlik, muvofiqlik va jamoaviylik yo‘nalishlarida o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazishdi. Har bir ishtirokchi o‘zining kuch-quvvati, iroda va intilishini namoyish etib, harbiy tayyorgarlik darajasini amalda ko‘rsatdi.

 

Tadbir yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini oshirish, ularni sog‘lom hayot tarziga rag‘batlantirish va harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga qaratilgan. Ayniqsa, musobaqaning har bir bosqichi qatnashchilarda jamoaviylik ruhini, o‘zaro yelkadoshlik va birdamlikni mustahkamladi.

Mazkur musobaqa O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi hamda Sport vazirligi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, bu kabi tadbirlarning muntazam o‘tkazilishi yoshlar orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratadi.

 

Musobaqa yakunida eng kuchli jamoalar keyingi – tuman bosqichiga yo‘llanma oldi. G‘olib va faol ishtirokchilar esa tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bu kabi tadbirlar orqali nafaqat sog‘lom avlod tarbiyasi, balki mamlakatimiz xavfsizligi, mustahkamligi yo‘lida fidokor yoshlar safini kengaytirish maqsad qilinmoqda.


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари