“O‘zbekiston” mahallasida hokim qabuli bo‘lib o‘tdi

Qo‘shko‘pir tumanining “O‘zbekiston” MFY binosida tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Unda fuqarolar o‘zlarining muammolari yuzasidan murojaatlarini bayon etishdi. Xususan, elektr ta’minotini yaxshilash, moddiy yordam olish, bepul dori-darmon olish masalalari ko‘rib chiqildi.

Har bir murojaat alohida e’tiborga olinib, ayrimlari shu yerning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, ayrimlari o‘rganish va hal etish maqsadida tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi hamda ijrosi nazoratga olindi. 

Qo‘shko‘pir tumani hokimligi matbuot xizmati

 


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари