“OʻZBEKISTON-2030” STRATEGIYASIDA TA’LIMGA E’TIBOR
Bugungi kunda muddatli strategiyalar yaxshi samara berayotganligi sir emas. Xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi.
Ushbu strategiya 2030-yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini oʻz ichiga olgan. Xususan, strategiyaning Insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish deb nomlangan 1-bobida ta’lim tizimi islohotlari sifatida:
Maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning to‘liq qamrovini ta’minlash;
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish;
Umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish;
Pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;
Ehtiyoj yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar va olis hududlardagi abituriyentlar uchun pedagogik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarni to‘liq davlat granti asosida tayyorlash tizimini joriy qilish;
Professional ta’lim tizimini rivojlantirish orqali o‘quvchilarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga o‘rgatish singari muhim yonalishlarni ko‘rishimiz mumkin.Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish va ilmiy salohiyatni 70 foizga yetkazish ko’zda tutilgan.
Shu bilan birga, strategiyada aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha islohotlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan. Unga koʻra, aholi orasida to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha islohotlar, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizimni yaratish hamda ular uchun qulay va maqbul muhitni yaratish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta’minlashga katta e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, joriy yil Pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida 2024-yil
1-fevralidan “Pedagogning maqomi” toʻgʻrisidagi qonun kuchga kirgani koʻpchilik pedagoglarni shu bilan bir qatorda xorazmlik pedagoglarning ham ish samaradorligini oshirishga va oʻz ustida yanada koʻproq ishlab, davlatimiz ta’lim tizimini rivojlantirishga zamin yaratadi.
Ayni strategiyadagi belgilangan maqsadlarni ijrosini joylarda ijrochilar tomonidan amalga oshirilishini jamoatchilik bilan birga nazorat qilishda “Yuksalish” harakatining oʻrni katta albatta. Strategiyada belgilan maqsadlarning ijrosi yuzasidan doimiy jamoatchilik nazorati tadbirlari va eshituvlarni tashkil qilish strategiyani joylarda ijrosini yuqori savida tashkil qilinishiga xizmat qiladi.
Strategiyada ko’zlangan maqsadlar, avvalo, xalqimizga munosib turmush sharoitlarini yaratib berishiga ishonamiz.
Ixtiyor Madrimov
“Yuksalish” harakati a’zosi
Urganch davlat universiteti 4-kurs talabasi,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi.