Tuman Kengashining sakson oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Bugun Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashining sakson oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada quyidagi tashkiliy masalalar ko‘rildi.
Qo‘shko‘pir tumani sektor rahbarlarining 2023 yilning o‘tgan 9 oyi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021 yil
29 noyabr kungi PF-27-sonli “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligining konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari ijrosi yuzasidan Qo‘shko‘pir tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari-jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik B.O‘.Ermetovning 2023 yil 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha hisoboti tinglandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi "2023- yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-57-sonli qarorida belgilangan topshiriqlarni tumandagi ijrosi to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘shko‘pir tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2023 yilning III-choragida sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan Xalq qabulxonasi mudiri Karimov Rajabboy Tag‘anovichning axborotlari tinglandi.
Sessiya davomida tuman Xalq qabulxonasi mudiri R.Karimov “Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar taxlili va hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini o‘rganish” yuzasidan axborot berib o‘tdi.
Tuman maktabgacha va maktab ta‘limi tizimini isloh qilish boʻyicha hududiy dasturlarda belgilangan vazifalarning ijrosi hamda 2023-yilning o‘tgan
9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan tuman maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi boshlig‘ining hisoboti eshitildi.
Sessiya so‘ngida Qo‘shko‘pir tumanida hozirgi kunda ijtimoiy ahvoli yaxshilangan oilalarni “Temir daftar” ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida masalalarga e'tibor qaratildi.