“Vatanparvarlik” targ‘ibot tadbirlari о‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari raisligida 2023-yil 22-dekabr kuni о‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar asosida bugun viloyatimizdagi barcha mahallalar qatori Qo'shko'pir tumanidagi Iftixor, Uyg’ur, G’alaba, Tegalak mahalla fuqarolar yig‘inidagi  maktab binolarida ham “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap”  “Vatanparvarlik” targ‘ibot tadbirlari о‘tkazildi. 
Tadbirda so‘zga chiqqanlar  O‘zbekiston Qurolli Kuchlari  harbiy xizmatchilari timsolida avvalambor chuqur bilim va intellektual salohiyatga, o‘z muqaddas harbiy burchini bajarish yo‘lida qat’iy iroda va mustahkam tayyorgarlikka ega bo‘lgan, ona yurtimizga sadoqatli, mard va fidoyi insonlarni ko‘rishlarini alohida ta’kidladilar. 

 


Tadbirga keksa nuroniylar, uyushmagan yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoy himoyaga muhtojlar, o‘zini –o‘zi band qilganlar hamda ziyolilar jami 250 nafardan  ortiq ishtirokchilar jalb qilindi.

QO‘SHKO‘PIR TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари