“Xabeas korpus” instituti tushunchasi va mazmun-mohiyati

Inson huquqlarini sud orqali himoya qilish bo‘yicha muhim institutlardan biri “Xabeas korpus akt” xalqaro darajada umume’tirof etilgan hujjat sifatida shaxs erkinligini ta’minlash yo‘lida o‘ziga xos yangi davrga asos solgan.
“Xabeas korpus” (lot.habeas corpus) – “tanani sudga keltirish”, ya’ni ushlangan yoki hibsga olingan shaxsni adolatli sud muhokamasiga bo‘lgan huquqi hisoblanib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish, lavozimdan chetlashtirish va shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi prosessual majburlov choralarning asosliligiga faqat sud tomonidan baho berish amaliyotining joriy qilinishi, o‘z navbatida, sudning mustaqilligi, xolisligi va beg‘arazligini ta’minlashni, jinoyat prosessida tortishuv prinsipini kuchaytirishni nazarda tutadi. 
“Xabeas korpus” instituti qo‘llanishini yanada kengaytirish doirasida pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish va eksgumatsiya qilish kabi tergov harakatlarini o‘tkazishga sanksiya berish bo‘yicha vakolatlar prokuraturadan sudlarga o‘tkazildi. 
Qamoq ehtiyot chorasining sudlar tomonidan qo‘llanilishi amaliyotini keltiradigan bo‘lsak, 2022 yilda tergov organlaridan sudlarga kelib tushgan jami 24 118 ta iltimosnomadan 23 503 tasi qanoatlantirilgan, 485 tasi esa rad etilgan, ya’ni 485 nafar shaxsga nisbatan asossiz ravishda qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilishining oldi olingan.
Shu maqsadda yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 27-moddasida “Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. 
Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas”, degan insonparvar qoidalar mustahkamlandi. 
Mazkur talab Ispaniya, Gresiya, Niderlandiya, Xorvatiya, Sloveniya va boshqa davlatlarning konstitutsiyalarida mustahkamlangan.
Bu normaning ahamiyati shundaki, eski tuzumdan meros bo‘lib qolgan sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar fuqarolarni jazolovchi yondashuvidan inson huquqlarini hurmat qiluvchi va himoyalovchi, poymol qilingan huquqlarni tiklovchi, rag‘batlantiruvchi yondashuviga o‘zgartiradi. Xususan, jinoyat prosessida fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini yanada kuchaytirishga, sud-tergov jarayonlarida huquqni muhofaza qiluvchi organlarni noqonuniy harakatlardan tiyib turishga, shaxsning asossiz hibsga olinishi holatlarini bartaraf etishga, shu orqali insonning ozodligini cheklash bilan bog‘liq bo‘lgan xatolarga yo‘l qo‘yilmasligiga hamda xalqimizning sudlarga bo‘lgan qat’iy ishonchini oshirishga xizmat qiladi.

Shovot tumanlararo 
iqtisodiy sudi raisi  B.Hayitboyev


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари