“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA
Prezidentimiz
tashabbusi bilan daraxt va buta ko‘chatlarini ekishga yo‘naltirilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bugun Qo‘shko‘pir tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida ham 4 turdagi mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
Uyushqoqlik va hamjihatlik bilan tashkil etilgan ushbu ko‘chat ekish jarayonida MFY raislari, hokim yordamchilari, hamkor tashkilotlar ishtirok etdilar.
Bahoriston mahallasida ajratilgan hududga 1000 tup har xil turdagi ko‘chatlar o‘tqazildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat o‘tqazish ishlari davom etmoqda.
QO‘SHKO‘PIR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI