“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI UYUSHQOQLIK BILAN DAVOM ETMOQDA
Prezidentimiz tashabbusi bilan daraxt va buta ko‘chatlarini ekishga yo‘naltirilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bugun Qo‘shko‘pir tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan tuman markazi atroflariga 100 tupdan ortiq manzarali archa va gul ko‘chatlari o‘tqazildi.
Jarayonda 3-sektor rahbari, IIB boshlig‘i O‘tkirbek Husainov ham ishtirok etdi.
Shuningdek, 30 nafar yakka-yolg‘iz fuqarolar xonadonlariga mevali ko‘chatlar o‘tqazishda ko‘maklashildi.
QO‘SHKO‘PIR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI