"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida seminar tashkil etildi
#Yashil_makon
Qo‘shko‘pir tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida seminar tashkil etildi.
Xususan, Qo‘shko‘pir tuman "Arablar" mahallasi hududiga 1000 dan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Mavsum boshlanishi oldidan Qo‘shko‘pir tumanida korxona va tashkilot xodimlari, nuroniylar hamda yoshlar ishtirokida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.
Unda tuman hokimi Shuhrat Axmedov so‘zga chiqib, kuzgi ko‘chat ekish mavsumida tuproq hamda iqlim sharoitiga mos mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini agrotexnologiya talablari asosida o‘tqazish va to‘g‘ri parvarishlash muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi matbuot xizmati