Yoshlar bilan uchrashuv
Qoʻshkoʻpir tumani sektor rahbarlari tomonidan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuv samimiy ochiq davra suhbati tarzida tashkil etildi.
Sektor rahbarlari mamlakatimizda yoshlarning yuksak marralarni egallashlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, cheksiz imkoniyatlar mavjudligi haqida to‘xtalib, yoshlarni o‘qib bilim olishga, shijoat bilan olg‘a intilishga chorladilar.
Erkin muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yosh avlod vakillari sektor rahbarlariga o‘z rejalari, maqsad va intilishlarini bayon etishdi. O‘z navbatida sektor rahbarlari bugungi kunda yoshlarning yanada faol bo‘lishiga va kelgusida mamlakat ravnaqiga munosib hissa qo‘shishlari uchun hayotiy tajribasidan kelib chiqib, o‘z taklif va maslahatlarini berdilar.
Shuningdek, sektor rahbarlari tumandagi o'zgarishlar va kutilayotgan natijalar haqida so'zlashib, yoshlarning takliflarni eshitdi. Ushbu takliflarni amalga oshirish yuzasidan mutasaddilarga o'zining qo'shimchalari bilan tegishli ko'rsatmalar berdilar.