10- dekabr Òzbekiston Respublikasi madhiyasi qabul qilingan kun/

Bugun Qo'shko'pir tumani axborot – kutubxona marazida  10 – dekabr O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kuniga bag'ishlab “G'ururim madhiyam”, “Faxrim madhiyam” loyihasi doirasida  “Madhiyamiz millatimiz ramzi” mavzusida kecha o'tkazildi. Tadbirimiz Resbeblikamiz madhiyasi ijrosi bilan boshlandi.  Kechada tuman hokimligi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi, tuman ichki ishlar bo'limi hodimlari, tuman favqulodda vaziyatlar bo'limi hodimlari ishtirok qildilar. Kechani O'zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi raisi M.Xo'jaeva ochib berdi. Kechada so'zga chiqqan axborot – kutubxona markazi direktori G.Saidova, tuman IIB ma'naviy – ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari podpolkovnik  Z.Qalandarov, favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari N.Avliyoqulov, Respublika madaniyat va ma'rifat markazi tuman bo'limi rahbari M.Odamboevlar madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchi ekanligini,  O'zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligini alohida ta'kidlab, yig'inlanlarni ushbu bayram bilan muborakbod qildilar. Tadbirda o'quvchi yoshlar ona vatanni madh etuvchi chiroyli she'rlari bilan yig'ilganlarga xush kayfiyat bag'ishladilar. Tadbir so'ngida faol ishtirokchilarga axborot – kutubxona markazi tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

ҚЎШКЎПИР ТУМАН ҲОКИМЛИГИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ

 


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари