27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
Sana munosabati bilan tumanimizda taklif etilgan soha faxriylari, jurnalistlar, matbuot kotiblari, matbaachilar, blogerlar ishtirokida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Unda tuman hokimi Shuhrat Axmedov va sektor rahbarlari ishtirok etib, tadbir qatnashchilarini kasb bayramlari bilan samimiy tabrikladi.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga yetkazishdagi faolligi, xalqimizga holis va haqqoniy axborot yetkazishdagi munosib xizmatlari, kasbiga sadoqati uchun sohaning bir guruh fidoyilariga hokim tomonidan Tashakkurnoma va bayram sovg‘alari topshirildi.