30-iyun "Yoshlar kuni"
Qoʻshkoʻpir tumanidagi “Az-Zamaxshariy” nomidagi istirohat bog‘ida “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimi Shuxrat Axmedov va sektor rahbarlari ishtirok etib, ushbu sana munosabati bilan tumanimizning barcha yoshlarini samimiy qutladilar.
Konsert dasturi davomida viloyat hamda tuman Madaniyat bo‘limining iste’dodli xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yoshlarimizga yanada a’lo kayfiyat ulashdi.
Shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi”da muvaffaqiyatli ishtirok etgan bir qator tashabbuskor, faol va iqtidorli yoshlarga tuman hokimi tomonidan estalik sovgʻalar topshirildi.