9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Qo‘shko‘pir tumanida seminar o‘tkazildi. Tadbirda tumanning 4 ta sektor rahbarlari, shuningdek, turli idora-tashkilot xodimlari ishtirok etdilar. Seminarning asosiy maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarbligi, uning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarga ta’siri, shuningdek, korrupsiyani oldini olish yo‘llari bo‘yicha muhokama olib borish edi.

 

Tadbirda ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashishning jahon miqyosidagi tajribalari, shu jumladan, korrupsiyaning oldini olish uchun qonunchilikni takomillashtirish, shaffoflikni oshirish va davlat xizmatlarida halollikni ta'minlash bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.

 

Seminarda shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratilib, korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi. Ishtirokchilar o‘rtasida fikr almashish, hamkorlikni kuchaytirish va korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida chuqur tahlil qilish muhimligini ta'kidladilar. Seminar yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish masalasida birgalikda ishlash va bu yo‘lda barcha sohalar bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash zarurligi qayd etildi.

 

 


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари