AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
Bugun Qo‘shko‘pir tumani hokimi Shuxrat Ahmedovning Adolat mahallasida sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul jarayonida fuqarolar ishga joylashish, tadbirkorlik uchun kredit, subsidiya, uy-joy, sud-huquq tizimi bilan bog‘liq o‘zlarini qiziqtirgan taklif va masalalari, murojaatlari va muammolari bilan ishtirok etdilar.
Qabulda tuman prokurori Bobirbek Matrasulov, Xalq qabulxonasi mudiri Rajabboy Karimovlar qatnashdilar.
Qabul so‘ngida o‘rganilishi va muddat talab qiladigan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga hokim tomonidan topshiriqlar berildi, ijrosi nazoratga olindi.
QO‘SHKO‘PIR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI