AHOLI SALOMATLIGI - USTUVOR MASALA

Qo‘shko‘pir tuman SEO va JSX bo‘limi tashabbusi bilan barcha mahallalarda aholi xonadonlari orastaligini ta’minlash,  yuqumli kasalliklarni kelib chiqishini oldini olish, sog‘lom turmush tarziga rioya etishda “Mahallabay” ishlash tizimini joriy etish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari, uchrashuvlar tashkil etilmoqda. 

-Vaqtida ovqatlanish, jismoniy faollik, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya etish, zararli odatlardan o‘zini tiyish, mehnat qilish salomatlikning muhim omillaridan sanaladi,-deydi tuman SEO va JSX bo‘limi rahbari M.Yusupov.

-Har birimiz o‘z salomatligimizga o‘zimiz mas’ul ekanligimizni unutmasligimiz lozim,-deydi tadbir ishtirokchilaridan O.Ibragimova.- Nafaqat to‘g‘ri ovqatlanish, balki qiz va kelinlarimizni xonadonlarni ozoda tutishlariga, farzandlarini sog‘lom o‘stirishlariga ham o‘rgatib borishimiz maqsadga muvofiq.

QO‘SHKO‘PIR TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари