ASOSIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

Bugun Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashining sakson to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibida 7 ta asosiy masalalar ko‘rib chiqildi.

Birinchi masala yuzasidan Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputatligiga bo‘shab qolgan o‘ringa “20-Xayrobod” saylov okrugidan saylangan Ahmedov Shuxrat Kurvondurdiyevichning deputatlik vakolati tasdiqlandi.

Ikkinchi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5020 sonli qarorini tumandagi ijrosi yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Xudayberganovaning hisoboti, uchinchi masala yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Matnazarovning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarning 2023-yil yanvar-sentyabr oylarida tumandagi ijrosi yuzasidan hisobotlari eshitildi.  

 

Shuningdek, keyingi masalalar yuzasidan, ya'ni, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritish, tumanda hozirgi kunda ijtimoiy ahvoli yaxshilangan oilalarni “Temir daftar” ro‘yxatidan chiqarish, “Temir daftar”dagi oilalarga hamda iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga tushgan mablag‘larni sarflash hamda moddiy yordam ajratish, “QO‘SHKO‘PIR DEHQON BOZORI” MCHJ ga qarashli kundalik bozorini ta'mirlash va oziq-ovqat hamda iste’mol tovarlari bilan savdo qilishga mo‘ljallangan zamonaviy savdo majmuasi qurilishi to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilindi.

Sessiya yakunida ko‘rilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

 

 


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари