Aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olishda turar joy xususiyatlari.

 

Aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olishda turar joy xususiyatlari.

 Turar joy turlari odatda uchta turga boʻlinadi:

  1. Anʼanaviy yashash joylari;
  2. Boshqa yashash joylari;
  3. Kollektiv yashash joylari.

Anʼanaviy  yashash joylari ham oʻz navbatida  toʻrt turga boʻlib taʼriflanadi.

Bular:

  1. Band anaʼanaviy yashash joylari;
  2. Mavsumiy va ikkilamchi yashash joylari;
  3. Vakant joylar;
  4. Roʻyxatga olish qamroviga kiritilmagan yashovchilari mavjud turar joylar.

Quyida biz anʼanaviy yashash joylari haqida toʻliqroq toʻxtalib oʻtamiz.

Anʼanaviy band turar joylar, boshqa uy-joy birliklari va kollektiv yashash joylari birgalikda “yashash joylari” deb yuritiladi va ularni “yashash joyi” sifatida hisobga olish uchun eng kamida bitta shaxs tomonidan odatiy yashash joyi sifatida foydalanilishi kerak.

Anʼanaviy band turar joylar va boshqa yashash joylari birligi summasi koʻplikdagi “turar joy birliklari”ni keltirib chiqaradi.

Agar turar joy sabablardan biriga ko‘ra band boʻlmasa, u vakant sifatida belgilanadi.

“Roʻyxatga olish qamroviga kiritilmagan yashovchilar” deganda odatiy yashovchi aholi qismi sifatida qaralmaydigan, vaqtincha mavjud boʻlgan shaxslar tushuniladi.

Taʼriflar

Bino

    Bu kontekstda “bino” bir yoki bir nechta turar joy, xona yoki boshqa joylar, tom bilan yopilgan va tashqi devorlar yoki ichki devorlari asosdan to tomgacha koʻtarilgan, yashash uchun yoki qishloq xoʻjaligi, tijorat, sanoat va madaniy maqsadlar yoki xizmat koʻrsatish uchun qurilgan alohida struktura sifatida belgilanadi. Bunday bino - alohida turgan uy, koʻp kvartirali uy, fabrika, magazin, omborxona, garaj va boshqalar boʻlishi mumkin.

Anʼanaviy yashash joylaridan tarkib topgan binolar, quyida taʼrifi keltiriladi, muhim birlik hisoblanadi, zotan bino turi toʻgʻrisidagi maʼlumot va uning qurilish davri haqida maʼlumot bino ichidagi yashash joylarini tasvirlash va turar joy bilan taʼminlash dasturlarini ishlab chiqish uchun zarur.

Yashash joylari

“Yashash joylari” deganda bir yoki bir nechta shaxsning odatiy yashash joyi hisoblangan turar joy turi tushuniladi. Ular strukturaviy ajratilgan va mustaqil turar joylar hisoblanib:

  1. odamlar yashashi uchun qurilgan, qayta qurilgan yoki moslashtirilganboʻlib, ular roʻyxatga olish vaqtida boshqa maqsadlarda foydalanilmaydi va band boʻladi;
  2. yashash uchun moʻljallangan boʻlmasada, roʻyxatga olish vaqtida shu maqsadda foydalaniladi.

       Yashash joylari konsepsiyasi yashash joylari boʻlinadigan asosiy toifalar taʼrifi yordamida tasvirlangan:

  1. Anʼanaviy band yashash joylari;
  2. Boshqa turar joy birliklari, masalan, roʻyxatga olish vaqtida odamlar tomonidan foydalanilayotgan kulba, kapa, karvonsaroy, turar joy kemasi, omborxona, tegirmon, yertoʻla yoki boshqa turdagi boshpanalar;
  3. Kollektiv yashash joylari - mehmonxona, institutsional muassasa, oromgoh va boshqalar.

       Roʻyxatga olish maqsadlarida barcha anʼanaviy turar joylar hisobga olinadi, ular band yoki yoʻqligidan qatʼi nazar (yaʼni, eng kamida bitta odatiy yashovchiga egaligi), vaholanki, koʻplab belgilar faqat anʼanaviy band turar joylarga nisbatan qoʻllaniladi.

       Anʼanaviy turar joylar ularning ahamiyatliligi hisobga olinishi bilan qoʻshimcha ravishda bandligi va tuzilish turi, belgisiga koʻra tasniflanadi. Biroq, davlatlar anʼanaviy band turar joylarni qulayliklarning asosiy turlari (oshxona, suv taʼminoti tizimi, hojatxona, yuvinish moslamalari va isitish) mavjudligiga koʻra yana boʻlinishni amalga oshirishi mumkin, bunda turar joy nechogʻlik elementar ekanini tasniflash maqsad qilinadi.

Tuman statistika bo‘limi


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари