Aholini ro‘yxatga olish давом этмоқда
Aholini ro‘yxatga olish - mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati” ni olish imkonini beradi
Mamlakat fuqarolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar har qanday davlat milliy statistikasining muhim qismi sanaladi. Bunday ma’lumotlar ma’lum vaqt oralig‘ida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari orqali to‘planadi.
Bugungi kunda Xiva shahrida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish ishlari yakuniga etkazildi va aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini elektron bazaga kiritish uchun to‘plash va viloyat statistika boshqarmasida tashkil etilgan markazga topshirish ishlari olib borilmoqda. Ma’lumotlar 2022- yilning yanvar oyidan e’tiboran elektron bazaga kiritila boshlanadi.
Xabaringiz bor, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbirida xorijiy ekspertlar ham ishtirok etishdi. Joriy yilning 19- noyabr kuni Toshkent shahrida Davlat statistika qo‘mitasi, BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA), MDH statistika qo‘mitasi, AQSh ning aholini ro‘yxatga olish byurosi vakillari, Fransiya, Italiya, Vengriya, Buyuk Britaniyalik xorijiy ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida “Aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olishni kuzatish missiyasining debrifingi” tashkil etildi.
Xorijiy ekspertlar ayni paytda O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlari yuzasidan taklif va tavsiyalar berishdi. Jumladan, savolnomalarni milliy mentalitetga moslashtirgan holda yanada takomillashtirish, planshetlar orqali ro‘yxatga olish dasturidagi ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Axborot xizmati
ҚЎШКЎПИР ТУМАНИ ҲОКИМЛИГИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ