Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik jarayonida hududlarni xaritalash ishlarini amalga oshirish

Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik jarayonida hududlarni xaritalash ishlarini amalga oshirish

Aholi sonini ro‘yxatga olish mamlakatda yashovchi barchaga tegishli bo‘lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil va e’lon qilishning yagona jarayonidir. U aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning asosiy manbai bo‘lib, kelgusi 10-20 yillik rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratadi. Aholi migratsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi.

Aholini ro‘yxatga olish barobarida yana bir muhim vazifani bajarish ko‘zda tutilgan. Bu - hududlarni xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning ro‘yxatini tuzish bilan bog‘liq masaladir. Shu sababdan bu  jarayonlarni xalqaro talablarga mos va sifatli o‘tkazishda kartografik materiallarning aniqligi muhim hisoblanadi. Bunga o‘z navbatida  kadastr idoralari va mahalla fuqarolar yig‘inlarining statistika idoralari bilan  hamkorlikdagi samarali faoliyati natijasida erishiladi.

 Viloyat statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi  va tuman shahar statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan shu kunlarda viloyatimizning barcha hududlarida aholi punktlari va ko‘chalarning nom belgilarini o‘rnatish, xonadon va uylarni to‘liq raqamlanlanganlik holatini tanlanma ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

 

A.Sultonov

Qo‘shko‘pir tumani statistika

bo‘limi boshlig’i


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари