Aloqachilar kuni
7- may “Aloqachilar kuni” munosabati bilan bir guruh soha fidoyilarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi.
Unda Qoʻshkoʻpir tumani hokimi Shuhrat Axmedov, tuman hokimi oʻrinbosari Ravshanbek Matyaqubov ishtirok etib, barcha soha xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabrikladilar.
Hududlardagi mavjud telekommunikatsion infratuzilmani modernizatsiyalash, aholini sifatli aloqa va yuqori tezlikdagi internet xizmatlari bilan ta’minlash, umumiy qilib aytganda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlanish jarayoniga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh soha xodimlariga tuman hokimining tashakkurnomasi va estalik sovgʻalari topshirildi.