Amaliy seminar
Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida yangi zahiralarni ishga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-115-sonli Qaroriga asosan tumanni “Parrandachilik yo‘nalishi”da chuqur ixtisoslashuvi bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminarda Respublika va viloyat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi mas’ullari, o‘simliklar karantini va himoyasi agentligi mutaxassislari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, hokim yordamchilari hamda usta dehqonlar ishtirok qilishib, o‘zaro fikr almashildi.