Amaliy seminar
Qo‘shko‘pir tumanida g‘alla o‘rim-yig‘imi boshlanishi munosabati bilan sektor rahbarlari, mahalla faollari va faxriylar, qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari ishtirokida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda tuman hokimi Shuhrat Axmedov so‘zga chiqib, o‘rim-yig‘imni uyushqoqlik bilan tizimli tashkil etish, g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish masalalari xususida to‘xtaldi. Ma’lumot uchun, joriy yilda tuman bo‘yicha 3 ming 700 gektar maydonda g‘alla yetishtirilgan bo‘lib, hosilni o‘rib-yig‘ib olishda 17 ta yuqori unumli kombaynlar ishlatiladi.