BAYRAM MUBORAK!
11-noyabr – “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan viloyatimizda soha xodimlari uchun tadbir tashkil etildi.
Unda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kuchli ijtimoiy himoya siyosatini amalga oshirish, yangi O‘zbekiston taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta'minlash, mehnat ahlining manfaatlari va huquqlarini himoya qilish, kasaba uyushmalari faoliyatini yuksaltirish ishlariga qo‘shgan hissasi uchun Qo‘shko‘pir tumani hokimi o‘rinbosari-oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sayyora Xudayberganova “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandi.
QO‘SHKO‘PIR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI